Mazkur ilmiy-аmaliy davra suhbatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti,Toshkent amaliy fanlar universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Oriental University, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari va kursantlar ishtirok etdilar. Davra suhbatida Tillarni o’rganish kafedrasi katta o’qituvchilari I.R.Narkulova va R.R.Atayevalar qatnashishdi.
Oʻtkazilgan davra suhbatida oliy ta’lim muassasalarida davlat tili, shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar ilmiy tahlil qilindi hamda zarur taklif va tavsiyalar bildirildi. Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Bojxona instituti rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.