О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabr kunidagi “О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 53-son Farmoyishi ijrosi doirasida Jamoat xavfsizligi universiteti Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bо‘limi tashabbusi bilan Universitet hamda О‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi siyosiy Kengashi bilan hamkorlikda yoshlarning, shu jumladan harbiy xizmatchilarnig huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash, Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch ruhini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni Konstitusiyani yod olishga undash
va rag‘batlantirish maqsadida “Konstitutsiya bilimdoni” kо‘rik-tanlovi о‘tkazildi.
Ushbu kо‘rik-tanlovda barcha oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari hamda hamkor oliy ta’lim muassasalarining talabalari Konstitusiyamizga oid 30 ta test sinovlarini yechish orqali g‘oliblik uchun bellashdilar. Natijalar hakamlar hay’ati tomonidan ochiq, oshkora ovoz berish yо‘li bilan baholab bordi.
Tanlov yakuniga qо‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
3-о‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi A.Xodjamov.
2-о‘rin: Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti talabasi B.Abdujamilov.
1-о‘rin: Jamaot xavfsizligi universiteti kursanti 1-bosqich kursanti U.Sobirov egalladi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.