Konstitutsiya – ma’muriy islohotlarning yo‘l xaritasi!

Konstitutsiya – ma’muriy islohotlarning yo‘l xaritasi!

2025-yilning 20-noyabr kuni Universitet “Jamoat xavfsizligini taminlash” kafedrasi tomonidan O‘zbekison Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Ma’muriy huquq” fanidan viktorina o‘tkazildi. Viktorinada Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti talabalari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Bojxona instituti kursantlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Dastlab Universitetga tashrif buyurgan kursantlar hamda professor-o‘qituvchilarga Universitetning tarixi va bugungi kundagi o‘zgarishlar haqida videoroliklar nomoyish etildi.

Viktorina qizg‘in va baxs – munozaralar bilan o‘tib yakunida Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari viktorinaning “Eng bilimdon jamoa”si, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tinglovchilari “Eng zukko jamoa”si, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kursantlari “Eng tezkor jamoa”si, hamda Bojxona instituti kursantlari “Eng faol jamoa”si deb topildi.

Tadbir so‘ngida jamoalar va ularning murabbiylariga Universitet boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek har bir jamoa ishtirokchilariga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kitobi topshirildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekison Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bayramini munosib qarshi olish, turdosh oliy ta’lim muassasalarining talaba, tinglovchi va kursantlarini bir maydonga chaqirish orqali bilimlarini boyitish va tajriba almashish hamda oliy ta’lim muassasalarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustaxkamlash.

2133
Chop etish
Text to speech