Universitet Maxsus fakultetining yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Zamonaviy tergov amaliyotida inson huquqlariga oid yangi yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi. Konferensiya dasturi doirasida
401-guruh talabasi Sarvar Ilxomjonov “Zamonaviy tergovda advokat ishtiroki” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi.