Konstitutsiya bo‘yicha “Maqolalar tanlovi”da faol qatnashgan talaba va tinglovchilar taqdi…

Konstitutsiya bo‘yicha “Maqolalar tanlovi”da faol qatnashgan talaba va tinglovchilar taqdirlandi

Konstitutsiya bo‘yicha “Maqolalar tanlovi”da faol qatnashgan talaba va tinglovchilar taqdirlandi

         Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlab universitetning talaba, kursant va tinglovchilari o‘rtasida “Mamlakatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olishga doir zamonaviy yondashuvlar yoshlar nigohida” mavzusida “Maqolalar tanlovi” o‘tkazilib, unda hay’atga 80 dan ortiq maqolalar kelib tushdi. Maqolalar orasidan dolzarbligi, tahliliy o‘rganilgan va ilmiyligi hamda taklif va tashabbuslarga egaligi inobatga olgan holda eng yaxshi maqolalar tanlab olindi.

         Tadbirda universitet boshlig‘i o‘rinbosari yu.f.d., professor Sherzod Zulfiqorov ishtirok etib, Konstitutsiyaning hayotiyligi va yangi normalarning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Maxsus fakultet talabalari O‘g‘iloy Boqijonova “Eng yaxshi innovatsion g‘oya uchun”, Guljahon Yangiyeva “Dolzarb mavzudagi eng yashi maqola uchun” hamda universitet magistranti Baxrom Qurbonov “Eng yaxshi tahliliy maqola uchun” nominatsilarida g‘olib bo‘ldi.

         Tanlov natijalariga ko‘ra talaba Sayra Janadilova 3-o‘rinni, magistrant Xikmatillaxo‘ja Toshxo‘jayev 2-o‘rinni hamda talaba Marg‘iyona Bahromova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

         Yig‘ilgan maqolalar alohida to‘plam shaklida chop etildi.

2908
Chop etish
Text to speech