Maktab yoshidagi bolalarda harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlash masalas…

Maktab yoshidagi bolalarda harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlash masalasi bugungi davrda alohida …

2024-yilning 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oʻq otish tayyorgarligi kafedrasi oʻqituvchilari Asqarali Uteshov va Hasanboy Ergashev, shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi Ijod maktabining Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari Behzod Xalilov, ijod maktabining psixologi Leyla Tagiyevalarning tashabbusi bilan Universitet Multimedia tirlari majmuasida mazkur ixtisoslashgan maktabning        10–11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy sport musobaqasiga tayyorgarlik koʻrish bosqichi oʻtkazildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi oʻquvchilarning harbiy eruditsiyasi va intellektual salohiyatini oshirishga, ularda harbiy vatanparvarlik his-tuygʻularini yanada mustahkamlashga qaratildi. Sport musobaqasiga tayyorgarlik koʻrish bosqichida oʻquvchilar oʻq otish va jismoniy tayyorgarlikdan sinov topshirishdi. Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilar hay’at tarkibi tomonidan keyingi bosqichga tavsiya etildi.

 

 

 

 

289
Chop etish
Text to speech