"Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i" shiori ostida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida sport …

"Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i" shiori ostida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

18-noyabr “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i” tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i" shiori ostida universitet Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini tashkil etish batalyoni muddatli harbiy xizmatchilari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada muddatli harbiy xizmatchilar sportning tosh ko‘tarish, arqon tortish hamda uzoq masofalarga yakka va jamoaviy tarzda yugurish turlaridan bellashdilar.

Ushbu sport musobaqasi - muddatli harbiy xizmatchilardan chidamlilik, tezkor qaror qabul qilish hamda harbiy jamoa birdamligini oshirishga hamda vatanparvarlik, fidoyilik va shukronalik fazilatlarini yanada kamol topishiga xizmat qildi.

1203
Chop etish
Text to speech