O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalabriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasining nomli davlat stipendiyasini tayinlash to‘g‘risidagi 464-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti Psixologiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sotvoldiyeva Nodirabegim Mirzoxidjon qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Stipendiya guvohnomasi talabaga 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munsabati bilan tashkil etilgan tadbirda tantanali ravishda topshirildi.
Talabamizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.