kafedra va bo‘linma ofitserlari ishtirokida 2025-2026-o‘quv yili uchun o‘quv-uslubiy yig‘i…

kafedra va bo‘linma ofitserlari ishtirokida 2025-2026-o‘quv yili uchun o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Joriy yilning 8-sentyabr kunidan 12-sentyabrgacha Universitet O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan kafedra va bo‘linma ofitserlari ishtirokida 2025-2026-o‘quv yili uchun o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Mazkur yig‘inning asosiy maqsadi ofitserlarga o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish va tashkillashtirish bo‘yicha boshqaruv hujjatlarini yanada chuqurroq o‘rgatish, o‘quv tarbiyaviy tadbirlarini samarali o‘tkazish yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda ofitserlarning o‘quv-uslubiy mahoratini oshirishga qaratildi. Yig‘in davomida o‘quv-uslubiy jarayonni samarali tashkil etish, dars mashg‘ulotlarida ilg‘or-pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ta’lim sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

553
Chop etish
Text to speech