Joriy yilning 11-noyabr kunidan 30-noyabr kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari komandirlarining malakalarini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi. O‘quv jarayonida ilg‘or texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llanilishi ofitserlarning tegishli vazifalar ijrosiga shaylik darajasini sifatli belgilashga va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni muvaffaqiyatli joriy etishga xizmat qildi. O‘quv yig‘ini yakunida tinglovchilarga tantanali ravishda tegishli sertifikatlar topshirildi.