UUA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH BO‘YICHA NAVBATDAGI O‘QUV YIG‘INLARI YAKUNLANDI

UUA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH BO‘YICHA NAVBATDAGI O‘QUV YIG‘INLARI YAKUNLANDI

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida, Qurolli Kuchlar jangovar xizmat faoliyatida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) samarali foydalanish bo‘yicha keng miqyosli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha vazifalarni bajarish jarayonlariga UUAdan keng foydalanishni joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar aniq belgilab berilgan. Bugungi kunda belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatli ijrosini ta’minlash maqsadida, Universitetning Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida tashkil etilgan tegishli o‘quv kurslari, UUA mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘z faoliyatini samarali amalga oshirmoqda. Universitetning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilariga kiruvchi serjantlar tarkibidan iborat bo‘lgan navbatdagi tinglovchilar guruhi, joriy yilning 3-mart kunidan 26-mart kuniga qadar rejalashtirilgan o‘quv yig‘iniga jalb etildi. Ushbu yig‘in davomida o‘rganuvchilar bilan jangovar xizmat vazifalarini bajarish jarayonida uchuvchisiz uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘quvlarning so‘nggi bosqichida, tinglovchilar bilan yakuniy imtihonlar tashkillashtirildi va bitiruvchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

162
Chop etish
Text to speech