Raqamli va axborot texnologiyalari fanini о‘qitishda muammolari va yechimlari

Raqamli va axborot texnologiyalari fanini о‘qitishda muammolari va yechimlari

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” gi PF-5847-son farmoni hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-4075-sonli qarorida mamlakatimizni mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarish, oliy harbiy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda harbiy soha va tarmoqlarini rivojlantirish vazifalari qо‘yilgan bо‘lib, bunda universitetimiz professor о‘qituvchilari tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda kadrlar tayyorlashning mazmun-moxiyatini tubdan qayta kо‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Yoshlar va biznesni qо‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan “Raqamli va axborot texnologiyalari fanini о‘qitishda muammolari va yechimlari” mavzusida universitet metodik anjumani о‘tkazildi. Tadbirda ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish bо‘yicha keltirilgan masalalarni kengroq yoritish, muhokama etish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan universitetimiz professor-о‘qituvchilari va magistrlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

377
Chop etish
Text to speech