Quvonch senga dо‘st bо‘lsin, yuraging baxtga tо‘lsin!

Quvonch senga dо‘st bо‘lsin, yuraging baxtga tо‘lsin!

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan 100-sonli maktab-internatida  “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Quvonch senga dо‘st bо‘lsin, yuraging baxtga tо‘lsin” shiori ostida bayram tadbiri о‘tkazildi. Unda Jamoat xavfsizligi universiteti Orkestri, 4-kursantlar batalyoni “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yо‘nalishi kursantlari va professor-о‘qituvchilar tarkibi ishtirok etdilar. Ushbu tadbir bolalar uchun quvonchli muhit yaratish, ularning ichki dunyosidagi ijobiy his-tuyg‘ularni oshirish, о‘zini kerakli va qadrli deb his qilish imkonini berish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Universitet Orkestri, kursantlardan iborat guruhlar tomonidan kuy-qо‘shiqlar ijro etilib, qо‘l jangi hamda qurol bilan safona chiqishlar kо‘rsatildi. “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbir yakunida о‘quvchilar va maktab ma’muriyatiga О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

1515
Chop etish
Text to speech