Ilmiy faoliyatda sifatli tadqiqot va amaliy natija muhim mezon sifatida

Ilmiy faoliyatda sifatli tadqiqot va amaliy natija muhim mezon sifatida

2026-yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasiga biriktirilgan Pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha mustaqil tadqiqotchilarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha monitoring komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati, monitoring komissiyasi tarkibi, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti mas’ul ofitserlari, mustaqil tadqiqotchilar hamda “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari ishtirok etdilar.

Komissiya yigilishini Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining ilmiy ishlar bo‘yicha va innavatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari,  yuridik fanlar doktori, professor, mayor  Sh.X.Zulfiqarov kirish so‘zini bilan ochib, ilmiy ishlarning sifatini oshirishda tadqiqot mavzularining xizmat amaliyotiga mosligini ta’minlash, dissertatsiya ishlarida nazariy xulosalar bilan cheklanib qolmasdan, aniq amaliy tavsiyalar, innavatsion yondashuvlar va tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Shundan so‘ng monitoring komissiyasi kotibi, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent M.L.Saipova monidan ilmiy darajalar berish hamda malakaviy imtihonlarni o‘tkazishni tartibi bo‘yicha nizomda belgilangan talablar bo‘yicha tanishtirdi hamda amaldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”  bilan tanishtirdi.

Yig‘ilish yakunida mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish, tadqiqot ishlari sifatini oshirish hamda tadqiqot natijalarini nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

9389
Chop etish
Text to speech