Oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalarida matematika, fizika fanlarini o‘qitishga oid muam…

Oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalarida matematika, fizika fanlarini o‘qitishga oid muammolar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 – yil 11 sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan qabul qilingan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgcha rivojlantirish konsepsiyasi” ga  muvofiq, joriy yilning 30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida  “Oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalarida matematika, fizika fanlarini o‘qitishga oid muammolar” mavzusida respublika  ilmiy - uslubiy anjuman o‘tkazildi. Ilmiy - uslubiy anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad –ta’lim dasturlari mazmunini yuqori sifatga oshirish, yangi pedagogoik texnologiyalar va uslublarni jоriy qilish, matematika va fizika fanlarini o‘qitishdagi muammolarni yoritish, muhokama etish, hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdan iborat. Respublika ilmiy - uslubiy konferensiya mavzusi yuzasidan bir qator yetakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiya va takliflar berildi. Mazkur konferensiyada – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston FA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi MV AKT va AHI, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi  Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi”,  O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti professor-o‘qituvchilari, respublika OAV xodimlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

360
Chop etish
Text to speech