PRESS-RELIZ

PRESS-RELIZ

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasiga biriktirilgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining 2023-yil 6-dekabrdagi 529-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 4-oktabr kuni “Iqtisodiy fanlar” kafedrasiga biriktirilgan jamoat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik, moliya, harbiy ta’minot, moddiy ta’minot va boshqa iqtisodiy fanlar bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilar faoliyatini o‘rganish maqsadida monitoringdan o‘tkazildi.

Monitoring komissiyasi yig‘ilishida ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Monitoring jarayonida tadqiqotchilarga ilmiy ishlar tayyorlash va nashr etish bo‘yicha so‘nggi talablar yetkazildi, shu bilan birga, yuqori natijalarga erishgan izlanuvchilarning faoliyati namunaviy sifatida e’tirof etilib, ularning amalga oshirgan ishlariga oid hisobotlar tinglandi.

Monitoring komissiyasi raisi, podpolkovnik J.J.Urmonov o‘z nutqida universitet rahbariyati tomonidan tadqiqot ishlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni ta’kidladi. Xususan, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning tadqiqot mavzularini shakllantirishda jamoat tartibini ta’minlash, iqtisodiy xavfsizlik, yashil iqtisodiyot, moddiy ta’minot, oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi sohalarda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni o‘rganishga yo‘naltirilgan mavzularga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etildi. Tadqiqotlarning amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, xizmat faoliyatida iqtisodiy jihatdan samarali qo‘llanilishi va dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilish zarurligi alohida urg‘ulandi.

Keyinchalik, komissiya tomonidan mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalari va metodologik dasturlarining ijro jarayoni o‘rganildi. Tadqiqotchilar bilan savol-javob shaklida o‘tkazilgan suhbatda ularni qiziqtirgan masalalar va ilmiy faoliyatdagi qiyinchiliklar muhokama qilindi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

 “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik, i.f.d., professor J.J.Urmonov Oliy attestatsiya komissiyasining “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari asosida malakaviy imtihonlar sessiya davrida tashkil etilishi, PhD va DSc ilmiy darajalariga nomzodlar uchun OAK ro‘yxatidagi respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, respublika va xalqaro konferensiyalarda chop etilgan maqolalar soni va fan tarmoqlari bo‘yicha jurnallar ro‘yxati haqida ma’lumot berdi.

Monitoring ishtirokchilari uchun ilmiy seminar va kafedra muhokamalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tadqiqotchilar tomonidan dissertatsiya ishlarining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

1332
Chop etish
Text to speech