Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi

Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi

Joriy yilning 19 sentabr kuni “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi dotsenti, Yu.f.b.f.d (PhD) Sh.N.Yuldashevning tashabbusi bilan Universitet 412-o‘quv guruhida “Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Unga Toshkent viloyati Toshkent tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, profilaktika katta inspektori, kapitan Mannopov Farhod Abdurauf o‘g‘li taklif etildi.

Ma’ruzachi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlari, huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish choralari, ushbu yo‘nalishda amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari, huquqbuzarliklar profilaktikasida hamkorlik masalalari yuzasidan to‘liq va batafsil ma’lumot berildi.

Mashg‘ulot davomida, kursantlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mashg‘ulot qiziqarli munozaralarga, savol va javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.

649
Chop etish
Text to speech