Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida «Milliy qadriyatlar sayli» adabiy-ma'rifiy haftaligi bo…

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida «Milliy qadriyatlar sayli» adabiy-ma'rifiy haftaligi boshlandi

Ochiq osmon ostidagi tadbir davomida oliy ta'lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari koʻrgazmalari, qiziqarli konsert dasturlari taqdim etildi. Gʻazal va she'rlar aytildi. Kuy-qoʻshiqlar yangradi. Jonajon Oʻzbekistonimiz hududlarining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlari tarannum etildi. Festival doirasida iqtidorli yoshlarning chiqishlari, milliy hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi, milliy osh tanlovi, milliy liboslar namoyishi oʻtkazildi. Oʻzbekona lutf va milliy kuy-qoʻshiqlar jarangi, oq yaktak, chorsi va doʻppi kiygan shashti baland yigitlar hamda egniga atlasu adrasdan goʻzal liboslar kiygan, qarashlari hayo-iboga limmo-lim mohitob qizlar kulgisi bayramga oʻzgacha tarovat baxsh etdi. Jumladan, Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va talabalari ham ushbu tadbirda ishtirok etdi. Festivalda universitet harbiy orkestri, kursantlar tomonidan qurol bilan safona va qoʻl jangi chiqishlari, bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad bobur ijodidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, xalqimiz ozodligi va Vatanimiz ravnaqi yoʻlida aziz jonlarini fido qilgan ma'rifatparvar jadid bobolarimiz haqida kuy va qoʻshiqlar kuylanib, badiiy sahna koʻrinishlari ijro etildi. Kursant va talabalr tadbir davomida Adiblar xiyobonida joylashgan 24 ta adib haykallari poyiga gullar qo'yishdi. Eng e'tiborli tomoni shundaki mazkur sayl Oʻzbekiston yoshlarini birlashtirib, talaba va kursantlar oʻrtasida yangi doʻstlar orttirishiga va doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

249
Chop etish
Text to speech