Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari oʻrta…

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari oʻrtasida fidjital sporti boʻy…

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 12 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan Oʻzbekiston Fijital sport federatsiyasi oʻrtasida yangi sport turini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolangandi. Bundan koʻzlangan maqsad fidjital va kibersport sohasida mamlakatimiz rahbarining gʻoyalariga hamqadam boʻlish edi. Bugun esa Jamoat xavfsizligi universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari oʻrtasida fidjital sporti boʻyicha ilk musobaqaga start berildi. Musobaqaning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Fidjital sport federasiyasi rahbari va universitet qoʻmondonligi vakillari yangi sport turi musobaqalarida jamoalarni ilk qadam bilan tabrikladilar. Shuni ham aytish kerak-ki, 2024 yilda ilk bor xalqaro fidjital sporti musobaqalarida ishtirok etgan Oʻzbekiston jamoasi Xalqaro federatsiya reytingida 11-oʻrinni qoʻlga kritgandi. Oʻshanda hamdoʻstlik mamlakatlaridan atigi 4 jamoa qatnashgan va shulardan biri bizning terma jamoa boʻlgandi. Jamoat xavfsizligi universitetida oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta'lim muassasalari kursantlarining fidjital sport turi musobaqalarida ham ana shunday xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini yuksaklarga koʻtaradigan sportchilar kashf etilishini tilab qolamiz.

453
Chop etish
Text to speech