Joriy yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsiziligi universitetiga Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Mamedov Shaxin Iskander oglu boshchiligidagi delegatsiya Universitetga tashrif amalga oshirishdi.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati hamda infratuzilmasi bilan tanishish.Dastlab, delegatsiya vakillarini Universitet boshlig‘i polkovnik M.X. Rustambayev kutib olib, Universitet “O‘quv binosi”da joylashgan ma'ruza xonalari bilan tanishishga taklif qildi, Universitet boshlig‘i tanishtiruv mobaynida delegatsiya vakillariga O’zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda qo’shayotgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, o’zaro do’stlik va umumiy manfaat beruvchi aloqalar davomiy bo’lishiga umidvorligini bildirdi va shu o‘rinda Universitet tarixi va faoliyati toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Universitetda, bevosita ilmiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar xorijiy delegatsiya a’zolarida qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Universitet infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirildi. Axborot-resurs markazi binosi, kursantlar yashash bataloni, Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan tanishdilar, kursantlarning sifatli bilim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ijobiy fikrlar bildirdilar