O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida  Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida  Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma ko‘rik t…

Joriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bo‘linmalari o‘rtasida “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda ishtirokchilarning nazariy bilimlari, saf usullarini bajarishi, yakka va guruh tarkibida harakatlanishlari, saf qo‘shig‘i va tantanali marsh bilan o‘tishlari hamada jangovar hayqiriq aytishlari hakamlar tamonidan baholandi.  

Qizg‘in o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra: faxrli 3-o‘rin 11-kursantlar vzvodi hamda  7-kursantlar vzvodi jamoalariga, 2–o‘rin qo‘riqlash va o‘quv jarayonini ta’minlash batalyoni jamoasiga hamda faxrli 1–o‘rin 10-kursantlar vzvodi jamoasiga Nasib etdi va universitet boshlig’ining  I-darajali diplomi va ko‘chma kubogi bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

655
Chop etish
Text to speech