Anjumanda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, razvedka va talofat yetkazish vositalari rivojlangan bugungi sharoitlarda harbiy boʻlinmalarni, shu jumladan Milliy gvardiya boʻlinmalarini qoʻriqlash va mudofaa qilishga boʻlgan zamonaviy yondashuvlar, harbiy boʻlinmalarni qoʻriqlash boʻyicha ilg'or texnologiyalar, yangi taktik usullar, shu jumladan bugungi kunning muhim masalalaridan biri boʻlgan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi. Qizgʻin muhokama tarzida oʻtgan mazkur anjumanda Qurolli Kuchlarimiz tizimida ilmiy tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Bildirilgan takliflar, kelib tushgan maqola va tezislar oʻrganilib, ilgʻor tajribalar, asoslangan takliflarni amaliyotga tadbiq etish masalalari oʻrganilmoqda.