Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko…

Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʼtarildi

Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʼrtasida yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, nazariy va amaliy tayyorgarlikni uygʼunlikda olib borish, shaxsiy tarkibni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tomonlar oʼrtasida kadrlar almashinuvini yoʼlga qoʼyish va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.Tomonlar hamkorlikdagi oʼz saʼy-harakatlarini oliy taʼlim va fan, huquqshunoslik sohasida uzoq muddatli va konstruktiv aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan quyidagi yoʼnalishlarda amalga oshiradilar:
prokuratura organlarining Universitet bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sohasida yaqin hamkorligini oʼrnatish;
Universitet taʼlim oluvchilarini Harbiy prokuratura faoliyatiga, xususan, prokuror nazoratini tashkil etish, tergov harakatlarini oʼtkazish, sudlarda ishlar koʼrilishida ishtirok etish, tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash va boshqalarga faol jalb etish orqali ularga huquqni qoʼllash amaliyotini oʼrgatish;
faoliyatning asosiy yoʼnalishlari bilan tanishtirish maqsadida prokuratura organlarida Universitetda taʼlim oluvchilari uchun seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, ochiq eshiklar kuni tadbirlarini muntazam tashkil etish;
Universitet taʼlim oluvchilari oʼrtasida qonun hujjatlarini bilish, ularni qoʼllash, kazuslar yechish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish boʼyicha hamda sport va boshqa musobaqalar oʼtkazish;
prokuratura organlari xodimlarini Universitetga mashgʼulotlar oʼtkazishga keng jalb etish;
hamkorlikda yuridik kadrlarni tayyorlash borasida ilgʼor xorijiy tajribalarni oʼrganishni tashkil etish;
tomonlar oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri maʼlumotlar almashinuvini rivojlantirish va mustahkamlash;
tomonlarning faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda huquqshunoslik sohasida yetuk malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda mazkur yoʼnalish boʼyicha toʼplangan nazariy va amaliy tajriba hamda axborotlarni oʼzaro almashish;
taʼlim-tarbiya sifatini oshirish boʼyicha oʼzaro tajriba almashish, ilmiy, amaliy, texnik va texnologik axborot almashish, mashgʼulotlarga malakali mutaxassislarni oʼzaro almashish asosida jalb etib borish, professor-oʼqituvchilar, tinglovchilar, kursantlar va talabalarning stajirovkalarini tashkil etishda hamkorlikni keng yoʼlga qoʼyish;
oʼquv-uslubiy, ilmiy-pedagogik va tomonlarning faoliyat sohalariga oid maxsus adabiyotlarni hamkorlikda tayyorlash va mavjud adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan almashish, qoʼshma ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni amalga oshirishda, shuningdek, qoʼshma loyihalarni tashkil etishda oʼzaro koʼmaklashish;
har ikki tomon faoliyatidagi yutuqlar va tajribalar bilan tanishish maqsadida oʼrnatilgan tartibda tashrif va uchrashuvlar tashkil etish;
taʼlim-tarbiya, ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatning sifatini oshirish boʼyicha oʼquv moddiy-texnik bazalarini mustahkamlashda hamkorlikni amalga oshirish;
qoʼshma loyihalar, seminarlar, konferensiyalar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va badiiy kechalar tashkil etish;
Universitet bitiruvchilarini amaldagi qonunchilik talablari asosida Harbiy prokuratura organlariga kontrakt boʼyicha harbiy xizmatga qabul qilish.
Tomonlarning kelishuviga koʼra, ushbu Memorandum maqsadiga muvofiq keladigan boshqa tadbirlar oʼtkazilishi mumkin.
Tadbir yakunida tomonlar hamkorlini amalga oshirish maqsadida manzilli yoʼl xaritasini ishlab chiqish va ijroga qaratishga kelishib oldilar.

1423
Chop etish
Text to speech