Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida 2022 yil 20 yanvar kuni mamlaktimiz Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi ularoq “Zakovat” o‘yini bugun tom ma’noda yurtimizda o‘ziga hos bilim harakatiga aylandi. Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Universitet va “Zakovat” intellektual klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu memorandumni imzolashdan asosiy maqsad universitet harbiy xizmatchilari, kursant va talabalarining intellektual salohiyatini mustahkamlash, intellektual o‘yinlar orqali ularni mantiqiy bilimlarini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlashdan iborat. Memorandumni imzolash tadbirini universitet boshlig‘i polkovnik Mirzayusup Rustambayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Universitet rahbari o‘z so‘zida ushbu memorandum albatta, “Zakovat” intellektual klubi tomonidan amalga oshirilayotgan barcha loyihalarda kursantlarning ishtirok etishi orqali universitet kursantlarining bilimini oshirishda dastur amal bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida “Zakovat” klubi prezidenti, taniqli suhandon, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Abdurasul Abdullayev so‘z olib, ushbu taklif bilan chiqilganligi uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, “Zakovat” eshiklari hamisha universitet yoshlari uchun ochiqligi, barcha loyihalarda ishtirok etishlari mumkinligini ta’kidlab, aqli raso va bilimli harbiy xizmatchi bugungi zamonaviy professional armiyaning eng muhum omili ekanligini ta’kidladi. Bugungi kunda yoshlar bilim olishi, o‘z ustida ishlashi, mantiqiy bilimlarini oshirishi uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilayotganligi, bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish lozimligini aytib o‘tdi. Hamkorlik memorandumi ham bu borada kursantlar uchun muhum shart-sharoit yaratishini ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida universitetda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga doir video-rolik namoyish etildi va unda unversitetda mavjud barcha sharoitlar, universitet ilmiy salohiyati namoyish etildi. “Zakovat” inttelektual klubi bilan imzolangan ushbu hamkorlik memorandumi kelajakda unversitet kursant va talabalarining inttellektual baxslarda ishtirok etish orqali o‘z bilim salohiyatini oshirishga, kelajakda inttelektual salohiyati yuqori va har tamonlama professional kadrlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.