Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari Oliy Majlis Senatida ochiq eshiklar kun…

Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari Oliy Majlis Senatida ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi

Kuni kecha Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-227-sonli Farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, unda universitet boshlig‘i o‘rinbosari yuridik fanlar doktori, professor Sh.X.Zulfiqorov boshchiligidagi universitet professor o‘qituvchilari Maxsus fakultet talabalari ishtirok etdi.

         Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Adliya vaziri Akbar Tashkulov, Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov, Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov va boshqa mas’ullar so‘zga chiqib Farmonning mazmun mohiyati va ijrosi yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

         Tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchi va talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi to‘g‘risida ma’lumotlar olishdi.

1978
Chop etish
Text to speech