Sirdaryo viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasida Tutingan ota-onalarni tayyorlash …

Sirdaryo viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasida Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursi boʻyicha sayy…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 avgustdagi PQ–345-son “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorning ijrosini ta'minlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-oʻqituvchilari Sirdaryo viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasida Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursi boʻyicha sayyor mashgʻulotlarini boshladilar.
Mashgʻulotning dastlabki kunida Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursida oʻqish istagini bildirgan fuqarolarning emosional ruhiy barqarorligini aniqlashga qaratilgan psixologik tashxislash ishlari amalga oshirildi. Unga koʻra, emosional ruhiy barqarorlik darajalari maxsus metodikaga asosan fuqarolarning bezovtalik, frustrasiya, agressivlik, rigidligiga koʻra aniqlanadi. Ushbu emosional ruhiy barqarorligini aniqlashga qaratilgan psixologik tashxislash natijalariga boʻyicha fuqarolar Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

664
Chop etish
Text to speech