Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.A Maxmudov…

Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.A Maxmudov tomonidan “Taktik tibbiy…

Joriy yilning 12 dekabr kuni kafedra rejasiga ko‘ra, “Taktik tibbiy tayyorgarlik” fanidan  121 “а” – kursantlar guruhi  bilan 2025-2026  o‘quv yili dasturining “Tayanch-harakat a’zolarining  shikastlanishi. Yaradorni evakuatsiya qilish” mavzusi bo‘yicha “master klas” mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda MG Surxandaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi JTSB katta ofitseri mayor D.S.Sattorov, MG Novoiy  viloyati bo‘yicha boshqarmasi 87214 h/q O‘quv jarayoni ta’minlash otryadi komandiri kapitan J.N. Nurullaev va MG 65921 h/q 2-Maxsus batalon komandirining o‘rinbosari mayor A.A. Boltaboevlar ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida taktik tibbiyot tamoyillariga ko‘ra, sariq hududda amalga oshiriladigan to‘liq tibbiy ko‘rik, kengaytirilgan  tibbiy yordam va evakuatsiya  usulari (yakka tartibda va guruh tarkibida) kursantlar ishtirokida namoyish etildi.

Namoyish etilgan tibbiy ko‘rik, tibbiy muolajalar hamda evakuatsiya usullari bo‘yicha mashg‘ulotga tarif buyuruvchilar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar tomonidan mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha evakuatsiya usullari namoyish etildi. Mashg‘ulot fikr mulohaza va munozaraga boy tarzda o‘tdi.

3305
Chop etish
Text to speech