Joriy yilning 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsiziligi universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Chen Gang boshchiligidagi delegatsiya va Toshkent shahridagi Xitoy Xalq Respublikasi Elchixonasining Ichki ishlar bo‘yicha maslaxatchisi janob Chen Yu Universitetga tashrif amalga oshirishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati hamda infratuzilmasi bilan tanishish, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik rejalarini muhokama qilish. Universitetda, bevosita o‘quv jaroyoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar xorijiy delegatsiya a’zolarida qiziqish uyg‘otdi. Axborot-resurs markazi binosi, kursantlar yashash bataloni, Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Universitet Sport majmuasi bilan tanishdilar, kursantlarning sifatli bilim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ijobiy fikrlar bildirdilar. Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklar yozilgandan so‘ng, tashrif yakunlariga ko‘ra, Universitet rahbariyati tomonidan delegatsiya a’zolariga milliy hunarmandchilik namunalaridan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.