Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Universitet talabalari va kursantlarida harbiy vatanparvarlik ruhini shakllantirish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash, kelgusi xizmat va o‘qish faoliyotida yosh avlodga munosib voris etib tarbiyalashdan iborat.
Ushbu tadbirda Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari, jumladan kafedra boshlig‘i podpolkovnik B.S.Tursunov, dotsent F.A.Choriyev, E.N.Sirliyev, dotsent I.O.Xaydarovlar Universitet talabalari va kursantlariga yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-psixologik asoslari, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, buyuk ajdodlarimiz va qahramonlarimzni vatanparvarligi, jasoratlari va sadoqatlarini ulug‘lash masalalari bo‘yicha ma’ruza qilishdi.
Ma’ruza jarayonida kursant va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Shundan so‘ng kafedra boshlig‘i podpolkovnik B.S.Tursunov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir muhim masalalarda talaba va kursantlarga o‘zining taklif va tavsiyalarini berib, davra suhbatiga yakun yasadi.
Davra suhbati bahs – munozaraga boy bo‘ldi.