O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025 yil 23 oktabr kuni “Jangov…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025 yil 23 oktabr kuni “Jangovar ta’minot tizimidagi in…

Anjuman mamlakatni ehtimoliy kutilayotgan harbiy mojarolarga tayyorlashning asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanish tendensiyalarini monitoring va prognoz qilish hamda milliy xavfsizlikka harbiy sohadagi tahdidlarni neytrallashtirish borasida oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrish maqsadida tashkil etildi.

Anjumanda jangovar ta’minot tizimini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarilgan vositalar bilan ta’minlash bo’yicha takliflar berish; innovatsion texnologiyalarga asoslangan yangi yechimlarni ishlab chiqish va ularni jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo’llash; jangovar ta’minot tizimiga raqamli boshqaruv platformalarini tadbiq qilish masalalari, shuningdek, jangovar ta’minot yoʻnalishidagi ilgʻor xorijiy tajribalari muhokama qilindi.

Anjuman yakunlari bo‘yicha jangovar ta’minot tizimini bugungi kun talablariga monandligini ta’minlash, qurolli mojarolarda qoʻllanilayotgan yangi taktik usullar, zamonaviy talofat yetkazish vositalari, ayniqsa uchuvchisiz uchadigan apparatlar, robotlashtirilgan qurilmalar hamda sun’iy intellektdan jangovar ta’minot tizimida foydalanish, xorijiy tajribalarni tahlil qilish hamda ijobiy tajribalarni jangovar tayyorgarlik tizimiga tadbiq etish istiqbollari belgilab olindi.

1367
Chop etish
Text to speech