Konferensiyada, kursant va tinglovchilarning o‘qotar qurollar bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini oshirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni, shuningdek, o‘q otish tayyorgarligi fanini o‘qitishda ushbu yo‘nalishlarda asosiy e’tiborni nimalarga qaratish zarurligi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Konferensiyada, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.