Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2026-yil 26-mart kuni “Raqamlas…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2026-yil 26-mart kuni “Raqamlashtirish sharoitida qo‘riq…

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida raqamlashtirish jarayonlari barcha sohalar qatori qo‘riqlash faoliyatini ham tubdan yangilash, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda zamonaviy muhandislik-texnik yechimlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, qo‘riqlash tizimini “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlari ishlab chiqilib, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual kuzatuv vositalari hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etilmoqda, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro integratsiyalashgan hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatarlar, kiberxavfsizlik tahdidlari, texnogen va tabiiy ofatlar qo‘riqlash faoliyatini muhandislik-texnik jihatdan modernizatsiya qilish, uni “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Global miqyosda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, turli nizolar va zamonaviy xavfsizlik tahdidlari qo‘riqlash tizimida raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, tezkor axborot almashinuvi, ishonchli hamkorlik va uzluksiz monitoringni ta’minlash naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

O‘zbekistonda islohotlar sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy amaliy o‘rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, shuningdek milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2026-yil 26-mart kuni soat 1500da «Raqamlashtirish sharoitida qo‘riqlash faoliyatini muhandislik-texnik modernizatsiya qilish» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada milliy ta’lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda bir qancha dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalarining vakillari va boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalari va professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsilik va mudofaa universiteti, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi HXvaM universitetining AKTvaHA instituti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti, Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan о‘quv markazi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyani quyidagi reja-senariy asosida o‘tkazildi:

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsilik va mudofaa universiteti “Ichki ishlar qo‘shinlarini tayyorlash” kafedrasi “Muhandis-texnik ta’minlash” sikl boshlig‘i polkovnik Kenpeilov Rustem Nurlibekovich, «Jazoni ijro etish kaloniyalari perimetrlarida lahm qazish orqali qochishlarni aniqlash vasitalari bilan jihozlash» mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Malaka oshirish insituti Axborot texnologiyalari sikli boshlig‘i polkovnik, dotsent Marupov Erkin Elmirovich, «Raqamlashtirish sharoitida qо‘riqlash faoliyatida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish» mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huziruridagi Mudofaa sanoat agentligi tassarufidagi “INNOVATSIYA TEXNOLOGIYALARI MARKAZI” masuliyati cheklangan jamiyatining sifat nazorat bo‘limi standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish bo‘yicha yetakchi muhandisi Tolipov Madamin Eminovich va Toshkent davlat transpolrt universiteti, “Aviatsiya transporti muhandisligi ” fakulteti, “Aviatsiya injenerligi” kafedrasi 4 kurs talabasi Lyaxov Oleg Olegovichlar, «Применение беспилотных летателных аппаратов при техническом обслуживании воздушных судов» mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati agentligi huzuridagi Inovasiya texnologiyalar markazi Inovasiyani rivojlantirish va istiqbolli rejalar bo‘limi boshlig‘i f-m.f.f.d. (PhD) Sayfuddin Jo‘raboyevich RAXMANOV, «Qo‘riqlash faoliyatidagi hodimlarni innavtsion materiallari bilan himoya qilishda muhandislik – texnik modernizatsiya yechimlarini aniqlash» mavzusida ma’ruza qildi;

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlashni muhandislik - texnik ta’minlash kafedra”si katta o‘qituvchisi podpolkovnik Mastаnov Nurali Tolegenovich, «Integratsiyalashgan havfsizlik tizimlari asosida qo‘riqlash faoliyatini modernizatsiya qilish mehanizimlari» mavzusida ma’ruza qildi.

Konferensiya davomida ma’ruzachilar konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

Anjuman o‘zaro bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo‘riqlash faoliyatini texnik takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilishi o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni qo‘riqlanishini ta’minlovchi, sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish alohida ta’kidlandi.

Konferensiya yakunida Universitet “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minlash” kafedrasi maxsus o‘quv sinflari va laboratoriya xonalarining zamonaviy muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi namoyish etildi. Shu bilan bir qatorda, Universitet Harbiy ilmiy jamiyati qoshida kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari rahbarligida mutaxassis kursantlar tomonidan amalga oshirilgan ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlari, jumladan, kursantlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion yechimlar va ularning amaliy namunalari keng jamoatchilikka namoyish etildi.

4249
Chop etish
Text to speech