Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Koreya ta'lim markazi bilan imzolangan anglashuv memorandumi doirasida, Universitetda koreys tilidan fakultativ mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻyish, ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini muhokama qilish va Universitet infratuzilmasi bilan tanishish. Tashrif davomida Koreya ta'lim markazi vakillari, bevosita Xan Venera Pavlovna, markaz faoliyati va tarixi toʻgʻrisida qisqa prezentasiya namoyishni amalga oshirdi soʻngra, mehmonlar Universitet Axborot resurslar markazi, leksion xonalar va Universitet xorijiy tillar kafedrasi sinflari bilan tanishishdi. Koreya ta'lim markazi vakillari Universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va oʻquv-moddiy bazaning imkoniyatlaridan va Universitet bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilganidan mamnun boʻlishganini ta'kidladi. Tashrif soʻngida, delegasiya vakilalari yana bir yaratilgan imkoniyat va hamkorlik uchun minnatdorchiligini bildirdi.