O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida joriy yilning 25-dekabr kuni Re…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida joriy yilning 25-dekabr kuni Respublika harbiy ta’lim mu…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida joriy yilning 25-dekabr kuni Respublika harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik asoslari” fanidan “Tarmoq mutaxassisi”, “Matn muharriri ustasi”, “Elektron hisob ustasi”, “Taqdimot ustasi” va “Mohir dasturchi” yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi tashkillashtirildi.

Olimpiada natijalariga kо‘ra quyidagi gʻoliblar aniqlandi:

Eng yaxshi “Tarmoq mutaxassisi” yoʻnalishi boʻyicha Mudofaa vazirligi AKT va habiy aloqa instituti kursanti Abdujabborov Asadbek Alisher o‘g‘li.

Eng yaxshi “Matn muharriri ustasi” yoʻnalishi boʻyicha О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Sharipov Durbek Oqilbek o‘g‘li.

Eng yaxshi “Elektron hisob ustasi” yoʻnalishi boʻyicha 0‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kursanti Ismatov Samandar Islom o‘g‘li.

Eng yaxshi “Taqdimot ustasi” yoʻnalishi boʻyicha 0‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kursanti Murodxonov Fazliddin Faxriddinovich.

Eng yaxshi “Mohir dasturchi” yoʻnalishi boʻyicha О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Bo‘riboyev Abdurashid Muzaffar o‘g‘li.

G‘oliblarga Universitetning tegishli diplomlari va estalik sovg‘alari topshirildi.

2904
Chop etish
Text to speech