2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat d…

2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamentida, Xalqaro Am…

Mazkur tadbir Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlanib, yuqori saviyada tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, harbiy soha vakillari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni, harbiy san’ati hamda jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va muhokamalar olib borildi.

Tadbirda Jamoat xavfsizligi universitetidan 1 nafar ofitser hamda 5 nafar kursantlar faol ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy yondashuvlari va fikrlari bilan qatnashdilar.

Mazkur konferensiya yosh avlodni milliy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

8321
Chop etish
Text to speech