Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Navroʻz tabiat uygʻonishining yorqin ramzi hisoblanadi. Ushbu bahoriy bayram qalblarimizga quvonch bagʻishlaydi va insonlarni doʻstlikka, mehr-muruvvatga va birdamlikka chorlaydi. Aynan shu munosabat bilan milliy bayram arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” nomli bosh gʻoya asosida Navroʻz bayrami umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuksak saviyada nishonlandi. Bu yilgi Navroʻz bayrami har qachongidan ham oʻzgacha kayfiyat va koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. An'anaga koʻra, taklif qilingan faxriy mehmonlar, universitet harbiy xizmatchi va xodimlari, 30-sonli Mehribonlik uyi hamda 102-sonli Muruvvat maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun bayram palovi va albatta sumalak tashkil qilindi. Bayramda bolajonlar uchun Kamondan oʻq otish, milliy kurash, varrak uchirish kabi milliy sport oʻyinlari tashkil qilindi. Shuningdek, tadbirda kursantlar tomonidan milliy taomimiz boʻlgan Palov hamda goʻzal kursant qizlarimiz tomonidan esa bahoriy taomlar hamda salatlar tayyorlash boʻyicha birinchilik musobaqalari oʻtkazildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan universitet harbiy xizmatchi va xodimlar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etildi. Tadbir davomida kursant va talabalar tomonidan milliy kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etilishi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. “Yaxshidan bog’ qoladi” deydi dono xalqimiz. Mana shunday xayrli ishdan chetda qolishni xohlamagan Milliy gvardiya Markaziy devoni ofitserlari ham yaxshi niyatlar bilan universitet hududiga mevali va manzarali koʻchatlar ekishdi. Bir soʻz bilan aytganda, Navroʻz bayrami nafaqat insonlar, oilalar va jamiyat uchun, balki elu elatlar va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, tinchlik va ahillik gʻoyalarini ulugʻlab, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashi bilan ham gʻoyatda ahamiyatlidir.

1334
Chop etish
Text to speech