Oila – Vatan va jamiyatning poydevori

Oila – Vatan va jamiyatning poydevori

Har bir inson uchun oila muqaddas dargoh hisoblanib, hayotimizning asosiy qismi oila davrasida oʻtadi. Barcha soha vakillari qatori harbiy xizmatchilarning oilasi ularning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻlib, mazkur faoliyatning muvaffaqiyati koʻp jihatdan oilaviy muhitga bogʻliq boʻladi. Xususan, joriy yilning 28 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari oʻrtasida “Oila – Vatan va jamiyatning poydevori” mavzusida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar oilalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik muammolar mutaxassislar nuqtai nazaridan muhokama etildi hamda ularning yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi.
Tadbir davomida “Alvon beretlar” badiiy jamoasi tomonidan taqdim etilgan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki zavq bagʻsh etdi.

985
Chop etish
Text to speech