Joriy yilning 15 aprel kunidan 4 may kuniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli boʻlinmalarining ofitserlar tarkibini malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yigʻinlari oʻtkazildi. Oʻquv jarayonida ilgʻor texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qoʻllanilishi natijasida, ofitserlarning malakasini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi. Oʻquv yigʻini yakunidan soʻng, tinglovchilarga mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganligi haqida tegishli hujjatlar tantanali tarzda topshirildi.