Joriy yilning 16 fevral kuni dars jadvaliga binoan 3-juftlikda bo‘lib o‘tgan, bakalavriat fakulteti 2-batalyon 2-o‘quv kursi, 241“b” guruh kursantlari bilan jismoniy tayyorgarlik fanidan kafedra katta o‘qituvchisi xizmatchi Atashayxov Abduvaxid Abdushukurovichning “Ushlab, quchib va bo‘g‘ib olishlardan qutilish usullari” nomli 7/10.2-mavzuidagi 3-amaliy mashg‘ulotiga SAMBO va QO‘L JANGI ustasi, soxa bo‘yicha juda katta tajribaga ega mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasi IIV “Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi” sikli o‘qituvchisi, istefodagi podpolkovnik Movlonov Baxtiyor Ramazonovich MASTER-KLASS o‘tkazish uchun rejaga muvofiq jalb qilindi.
Maqsad: birinchidan, o‘quv guruhi kursantlariga mavzu bo‘yicha yanada chuqurroq bilim berish, mavzu doirasida o‘rganilayotgan usul variantlarini ko‘rib chiqish, ularni tahlil qilish, turli kutilmagan vaziyatlarda qo‘llay bilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchidan o‘zaro tajriba almashishdir.
Mavzu bo‘yicha master klass mashg‘ulotida taklif qilingan o‘qituvchi Movlonov B.R. o‘z maxoratini quyidagi usullarni ko‘rsatish, o‘rgatish va bajartirish metodikasi orqali namoyish qildi. Bular: old va orqa tomondan oyoq (lar)dan ushlab olganda qutilish va qo‘lga olish usullari texnikasi; yon va orqa tomondan yelka va bilak bilan bo‘yinni siqib bo‘g‘ib olganda qutilish va qo‘lga olish usullari texnikasi.
Mashg‘ulot o‘ta ko‘tarinki ruhda, qiziqarli, emotsional tarzda o‘tdi. Mashg‘ulot oxirida kursantlar tomonidan mavzuga oid juda ko‘p savollar berildi, va albatta unga javoban o‘qituvchi usullarni turli holat va variantlarda tushunarli tarzda ko‘rsatib berdi.
Darsning MASTER KLASS turi bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘uloti o‘z maqsadiga erishdi deb xulosa qilish mumkin.
Ilova sifatida, dars mashg‘ulotida kadrlarga muhrlangan foto lavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz.