Nomutaxassis tinglovchi va talabalarga chet tilini o`qitishning samarali metodikalari

Nomutaxassis tinglovchi va talabalarga chet tilini o`qitishning samarali metodikalari

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5117-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli  qarorining ijrosi sifatida joriy yilning 9-aprel kuni “Nomutaxassis tinglovchi va talabalarga chet tilini o`qitishning samarali metodikalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazildi. Unda respublikamizda qizg‘in ijodiy faoliyat olib borayotgan metodist-olimlarning qimmatli fikrlari va tavsiyalari tinglandi, nofilologik yo‘nalishda tahsil olayotgan tinglovchi va talabalarni o‘qitish chog‘ida vujudga kelayotgan turli vaziyat va muammolarning yechimi borasida fikr almashildi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi natijalari to‘plam shaklida umumlashtirilishi rejalashtirilgan.

234
Chop etish
Text to speech