Nomutaxassis tinglovchi va talabalarga chet tilini o`qitishning samarali metodikalari

Nomutaxassis tinglovchi va talabalarga chet tilini o`qitishning samarali metodikalari

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5117-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli  qarorining ijrosi sifatida 2024-yil  9-aprel kuni soat 14.30 da Nomutaxassis tinglovchi va talabalarga chet tilini o`qitishning samarali metodikalari mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyaning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida chet tilining davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, shuningdek, olimlar, о‘qituvchilar, jamoatchilik diqqatini soha muammolariga qaratish, xorijiy tilning yoshlarni har tomonlama rivojlangan, kreativ qilib tarbiyalashdagi rolini oshirish, xorijiy til o`qitishning turli masalalarini muhokama qilish konferensiyaning maqsadi qilib belgilangan. Xorijiy tillarni o`qitishning ayni kundagi roli va o`itish metodlari,  xorijiy tillarda  ish yuritish, o`qitish metodikasida xorijiy tajribalardan foydalanish hamda xorijiy tillarni o`qitishda tilshunoslik masalalari oid mavzularda maqola va tezislar chop etilishi nazarda tutilgan.

Konferensiyaning ishchi tillari – о‘zbek, rus, ingliz tillari.

Konferensiya ishtirokchilarining ilmiy tezislar 2024-yil   9-aprel soat 20:00 ga qadar tо‘plam uchun mas’ullarning telegramm manziliga elektron shaklda BEPUL qabul qilinadi. Belgilangan talablarga javob beradigan tezislar konferensiya tо‘plamiga kiritiladi hamda ishtirokilarga elektron shaklda taqdim etiladi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida soha mutaxassislari, olimlar, amaliyotchilar, oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar, kursantlar ma’ruza bilan qatnashishlari, maqola va tezislarini topshirishlari mumkin.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plamiga taqdim etiladigan tezislarga qо‘yiladigan talablar:

  • Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plamiga tezislar о‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
  • Tezislar konferensiya yо‘nalishiga oid dolzarb mavzuda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi;
  • О‘zbek tilida yozilgan tezislar lotin alifbosida bо‘lishi zarur;
  • Tezislar matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, о‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bо‘lishi zarur;
  • Tezislar matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda bо‘lishi;
  • Manba va adabiyotlarga ishora (ssilkalar) asosiy matn ichida [1] kо‘rinishida bо‘lishi kerak;
  • Taqdim etilayotgan tezislar hajmi 3 betdan 7 betgacha bо‘lishi;
  • Bitta tezisning mualliflari soni 2 tadan oshmasligi;
  • Tezislarning sarlavha qismining birinchi qatorida uning nomi, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi ismi va sharifi, muallifning ish joyi va lavozimi, uchinchi qatorda elektron pochtasi va telefon raqami kо‘rsatilishi, keyingi qatordan bir qator tashlab annotatsiya va kalit sо‘zlar keltirilishi lozim.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladigan joy hamda tashkiliy qо‘mita manzili: 100109, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qо‘rg‘oni. О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Tillarni о‘rganish” kafedrasi.

Tо‘plam uchun mas’ul: Shirinova Nilufar (+998971398781)

855
Chop etish
Text to speech