Milliy gvardiya qo‘mondoning topshirig‘iga asosan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Universitet rahbariyati tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumanda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Malseva Svetlana Petrovnaning yashash xonadoniga tashrif buyurilib faxriyning xolidan xabar olindi. Svetlana Petrovnaga Universitet rahbariyati tomonidan sumalak, ko‘k somsa kabi bahoriy taomlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari, hо‘l mevalar taqdim etildi.