Navbatdagi o'quv yig'ini yakunlandi

Navbatdagi o'quv yig'ini yakunlandi

Joriy yilning 23 aprel kunidan 26 aprel kuniga qadar yoshlarda vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish va harbiy kasbga qiziqtirishga qaratilgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazish maqsadida Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmalarida o‘quv yig‘inlari tashkillashtirildi. O‘quv yig‘ini davomida yoshlarni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi, bayrog‘i va gerbiga nisbatan yuksak hurmat va faxr-iftixor ruhida tarbiyalash, konstitusiyasining mazmun-mohiyati, huquqbuzarlik va jinoyatlar tushunchasi hamda ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish orqali ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonunga itoatkor xulq-atvorni shakllantirish, buyuk davlat arboblari va sarkardalar, jadidchilik harakati va uning taniqli namoyondalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda buyuk yurt farzandi ekanligini singdirish, yoshlar bilan psixologik treninglar va ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma o‘tkazish orqali ularning psixologiyasini o‘rganish va to‘g‘ri yo‘naltirishga ustuvorlik qaratilib, ularga o‘qotar qurollar va jangovar texnikalar to‘g‘risida ma’lumot berish, ular bilan harbiy-amaliy sport va milliy o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish orqali yoshlarni harbiy kasbga va sportga qiziqtirish, faol ishtirok etgan yoshlarni munosib rag‘batlantirildi. Shular bilan bir qatorda, o‘quv yig‘ini yoshlari bilan Saf tayyorgarligi, tog‘-balandlik tayyorgarligi, huquqiy tayyorgarlik, vatanparvarlik, o‘q otish tayyorgarli, chavondozlik saboqlari va ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

158
Chop etish
Text to speech