Namanganda navbatdagi o‘quv yig‘ini yakunlandi

Namanganda navbatdagi o‘quv yig‘ini yakunlandi

 Ma’lumki, yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazish, ularni harbiylik kasbiga qiziqtirish, harbiy bo‘linmalarga jalb qilgan holda o‘quv yig‘inlarini tashkillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Andijon va Namangan viloyatlarida “Vatanning sodiq yoshlari” o‘quv yig‘ini o‘tkazib kelinmoqda. 2024-yilning 4–6-iyun kunlari mazkur o‘quv yig‘inining navbatdagi bosqichi Namangan viloyatida Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda viloyatning barcha tuman-shaharlaridan yoshlar ishtirok etishdi. O‘quv yig‘ini dasturiga muvofiq tinglovchilar bilan saf tayyorgarligi, tog‘-balandlik tayyorgarligi, huquqiy tayyorgarlik, vatanparvarlik, o‘q otish tayyorgarli kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quv yig‘ini davomida yoshlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlariga hurmat, Vatan taqdiriga daxldorlik, qonunlarga itoatkorlik, kelajakka bо‘lgan mustahkam ishonch, sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilish kabi xislatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, mashg‘ulotlarda yoshlarga zamonaviy kasblar va kasb tanlash bо‘yicha zaruriy ma’lumot hamda tavsiyalar berib о‘tildi. О‘quv yig‘ini yakunida tinglovchilar “Vatanning sodiq yoshlari” o‘quv yig‘inida ishtirok etganligi haqidagi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

1336
Chop etish
Text to speech