Universitet “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da Maxsus fakultet talabalari bilan tadbir tashkil etilib, unda talabalarning 2024/2025-o‘quv yili birinchi yarmida o‘quv, ma’naviy-marifiy va ilmiy tadqiqot ishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi. Tadbir yakunida o‘qishi davrida turli intellektual tanlov va musobaqalarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari va Universitet boshlig‘ining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.