Poytaxtimizning ko‘rkam Adiblar hiyobonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qurolli kuch tuzilmalari hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adib poyiga gul qo‘yish ma’rosimi hamda adabiy-ma’rifiy yo‘nalishda bir qator tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti ijodkor kursantlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda bizlarga qoldirgan boy me'rosi, yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlarini, insoniy fazilatlarini tadbir ishtirokchilari ongida gavdalantirish maqsadidagi sahna chiqishlari, Bobur ijodiga oid g‘azallar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida, shoir va tarixshunos olimlarning ma’ruzalari tadbir ishtirokchilarida olam-olam taassurot qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti barcha yoshlar uchun haqiqiy ibrat maktabi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunga sabab esa, uning avlodlarga qoldirgan boy me’rosi hamda ma’naviy-ma’rifiy jasoratidir.