Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʻqituvchilari tarkibidan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan 178 va 200-maktablarida “Konstitutsiyam mening faxrim” mavzusida qiziqarli viktorina oʻtkazildi. Tadbirda qonunchiligimizning asosiy tamoyillariga qiziqish bildirgan oʻquvchilar, oʻqituvchilar va Jamoat xavfsizligini ta'minlash kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Tadbir maqsadi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitusiyaga mamlakatning asosiy qonuni sifatida hurmatni shakllantirish, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash va tahliliy koʻnikmalarni rivojlantirishdan iborat edi. 178-maktabning 2-sinf oʻquvchilari bilan suxbat oʻtkazilganda ular oʻzining joʻshqin shijoati va oʻz fikrlarini erkin bildira olishlari, Konstitutsiya haqidagi bilimlari, huquqiy savodxonligini bilan hayratga soldi. Viktorinada 9 va 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida baxs-munozara olib borildi, unda ishtirokchilar Konstitutsiyaning asosiy moddalari va jamiyat uchun ahamiyatiga oid savollariga javob berdilar. Konstitusiya boʻyicha eng yaxshi mutaxassis nomi uchun jamoalar oʻzaro bahslashdi va gʻoliblarga sovgʻalar topshirildi. Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish, jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda muhim qadam boʻldi. Bu kabi tadbirlar davom ettirilib boril-sa, yoshlar oʻrtasida huquqiy masalalarga qiziqish yanada ortishiga zamin yaratadi.