Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati  bilan Universitetda “Vatan uchun, millat…

Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati  bilan Universitetda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g‘oya…

О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qо‘mondonining 2025-yil 10-iyul kunidagi “О‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining о‘ttiz tо‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 222-sonli qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qо‘mondonining 2025-yil 23-iyul kunidagi 52-son farmoyish talablari ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g‘oyasi ostida О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi  Jamoat xavfsizligi universitetida Toshkent Harbiy Maktabi o‘quvchi-yoshlari uchun  “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar universitetga tashrif buyurdilar. Ularni dastlab kirish eshigida universitet harbiy orkestrining vatanparvarlik ruhdagi musiqalari bilan kutib olinib, katta saf maydoni tomon yo‘naltirildi. Katta saf maydonida universitet kursantlarining qo‘l janggi jamoasi ko‘rgazmali chiqishlari hamda jangovar harbiy texnikalar va 10 ga yaqin o‘quv jangovar qurol-aslaxalar namoyishi tashkil etildi. Professional harbiy mutaxassislar tomonidan texnika va qurol-aslaxalar haqida o‘quvchi-yoshlarga yetarlicha ma’lumotlar berildi. Undan so‘ng universitet o‘quv sinflari, axborot-resurs markazi kutubxonasiga sayohat tashkil etilib, universitetda tahsil olayotgan kursantlar va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida o‘quvchi-yoshlarga batafsil tanishtirildi va shu bilan birgalikda ular ham kursant aka va opalari singari dars mashg‘ulotlariga qatnashdilar. Qiziqarli va maroqli tarzda tashkil etilgan dars mashg‘uloti yoshlarda avvalo harbiy bo‘lishga, kitob o‘qishga hamda o‘z ustilarida doimiy ravishda ishlashga turtki berdi. Universitetda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g‘oyasi asosida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri mana shunday yuqori taassurotlar va esda qolarli lahzalar bilan o‘z yakuniga yetdi.

522
Chop etish
Text to speech