O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan Milliy gvardiya qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalari topshirilmoqda. Xususan, 9-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida tavsiyanomalarga ega bo‘lgan hamda namunali harbiy xizmatni o‘tagan muddatli harbiy xizmatchilar taqdirlandi.Tadbirda Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etib, barchani kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar yor bo‘lishni tilab qoldi. Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universitetida yigitlik burchini oʻtab, muddatli harbiy xizmatni yakunlayotgan askarlarni uylariga kuzatishga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar oʻz xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan askarlarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirib, Vatan, el-yurt uchun jonkuyar, fidoyi inson boʻlib qolishlarini tilashdi. Yuqori qoʻmondonlikdan qoʻyilgan oʻquv-jangovar va maxsus topshiriqlarni bajarishda fidoyilik qoʻrsatgan, harbiy xizmatni oʻtash davrida barchaga namuna boʻlib kelgan askarlarga Universitet qoʻmondonligining tashakkurnomasi hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbir yakunida harbiy orkestr jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, askarlarning armiyadagi soʻngi kunida bayramona kayfiyat ulashildi. Ta’kidlash kerakki, muddatli harbiy xizmatchilarga tavsiyanomalarni topshirish marosimlari barcha Milliy gvardiya harbiy qismlarida tantanali ravishda o‘tkazilmoqda.