Mening farzandim – yurt himoyachisi va armiya ilgʻori, mahallamiz iftixori

Mening farzandim – yurt himoyachisi va armiya ilgʻori, mahallamiz iftixori

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Mening farzandim – yurt himoyachisi va armiya ilgʻori, mahallamiz iftixori” shiori ostida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari, yaqinlari uchun telemuloqot tashkil etildi. Telemuloqotda Universitet rahbariyati, Oʻzbekiston Drama teatri aktrisasi Goʻzal Fayziyeva va boshqalar soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Milliy armiyamiz saflarida yigitlik burchini sharaf bilan oʻtayotgan oʻgʻlonlar va ularning ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildirib oʻtdi. Tadbirda Jamoat xavfsizligi universitetida xizmat qilayotgan bir guruh fargʻonalik askarlar va Fargʻona viloyatida oʻz yigitlik burchini oʻtayotgan toshkentlik muddatli harbiy xizmatchilar ota-onalari va yaqinlari bilan telekoʻprik orqali diydor koʻrishdilar. Askarlar harbiy xizmat chogʻida maʼnan va jismonan toblanib, xizmat chogʻida erishgan yutuqlari haqida toʻlqinlanib soʻzlab berishdi. Uchrashuv yakunida Universitetda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga Universitet rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.

 

628
Chop etish
Text to speech